O'zbekiston Respublikasi arxivchilarining etika kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasi arxivchilarining etika Kodeksidan koʻchirma

1.Oʻzbekiston Respublikasi arxivchilarining etika Kodeksi (qeingi oʻrinda “Kodeks”) arxivchi kasbiga va arxiv ishi sohasida faoliyat yuritishga nisbatan yuqori darajadagi kasbiy talablarni belgilashda  axloqiy mezon hisoblanadi.

  1. Mazkur Kodeksda keltirilgan “arxivchi” atamasi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha arxiv muassasalarida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobini olib borish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish borasida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlarga taalluqlidir.
  2. “Mijoz” atamasi arxiv idorasi va arxiv xodimlari xizmatidan foydalanadigan hamda ular bilan  bevosita munosabatda boʻladigan tashkilotlar, idoralar, muassasalar va boshqa shu kabi yuridik shaxslarning vakillari hamda jismoniy   shaxslarni nazarda tutadi.
  3. Quyidagilar Kodeksning asosiy maqsadi etib belgilanadi:

“Arxivchi” degan yuksak nomga munosib faxr tuygʻularini  va kasbiy gʻururni shakllantirish;

arxiv xodimlarining kasbiy ahloq mezonlari doirasida faoliyatlarini samaralitashkil etishlariga koʻmaklashish;

ish jarayonida arxiv muassasalari rahbarlari va xodimlari oʻrtasidagi hamda ular bilan arxiv mijozlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu jumladan huquqiy munosabatlarning toʻgʻri tashkil etilishiga zamin yaratish;

 arxiv xodimlarining muomala madaniyati, yurish-turish va xulq-atvor tamoyillarini oʻzida mujassam etish;

arxivchilarda qonuniy, kasbiy va axloqiy normalarga rioya qilish va milliy qadriyatlarni avaylash hususiyatlarini va koʻnikmalarini shakllantirib borish va rivojlantirish;

arxivning barcha xodimlarida, mehnat faoliyati yoʻnalishining qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, ish joyida, arxivda, umuman faoliyat yoʻnalishida korrupsiya holatlariga murosasiz boʻlish, unga qarshi kurash yuzasidan shaxsiy hususiyatlarni singdirish, oʻzida korrupsion illatlarga berilmaslik “immuniteti”ni hosil qilish.

  1. Arxiv ishi boʻyicha faoliyat yurituvchi arxivlar va idoraviy arxivlarning xodimlariga mazkur Kodeksda belgilangan talablar va meʼyorlar yetkazilishi shart hisoblanadiArxivga ishga olinayotgan yangi xodim lavozimidan qatʼiy nazar, ushbu Kodeks bilan shaxsan tanishib chiqqandan soʻnggina mehnat faoliyatini boshlaydi. 

Kodeksda keltirilgan tamoyillar izohlar bilan birga koʻriladi va ular oʻzaro uygʻunlashgan tarzda Etika kodeksini tashkil etadi.