AXBOROT RESURSLARINING ARXIV NUSXALARINI YARATISH VA ULARNI DAVLAT SAQLOVIGA TOPSHIRISH TARTIBI BOʻYICHA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-avgustda 1703-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga muvofiq buyuraman:

  1. «Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi boʻyicha yoʻriqnoma» ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.

“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV

Toshkent sh., 2007-yil 17-iyul, 18-son “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyuldagi 18-sonbuyrugʻi bilanTASDIQLANGAN

Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish boʻyicha

YOʻRIQNOMA

Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 2004-y., 1-5 son, 10-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 256-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 355-modda) muvofiq axborot resurslari qimmatini ekspertizasini oʻtkazish va arxiv nusxalarini yaratish, shuningdek ularni respublika davlat arxivlariga saqlash uchun topshirish tartibini belgilaydi.

  1. Umumiy qoidalar
  2. Yoʻriqnomada quyidagi asosiy atamalar va tushunchalar qoʻllanilgan:

axborot resursining arxiv nusxasi — axborot resursining muayyan belgilangan vaqtdagi aniq nusxasi boʻlgan yoki arxiv saqlovi formatida axborot resursining mazmuni boʻyicha shakllanadigan elektron hujjat (keyingi oʻrinlarda EH deb yuritiladi);

depozitar saqlov — axborot resursi arxiv nusxalari mulkdori bilan davlat arxivi oʻrtasidagi kelishuv (shartnoma) boʻyicha belgilangan shartlar asosida mulkdorning axborot resursiga nisbatan mulk huquqini saqlab qolgan holda arxiv nusxalarini davlat arxivida saqlash;

1.Axborot (axborotlashtirish) / Axborot tizimi]

axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;

1.Axborot (axborotlashtirish) / Axborot texnologiyasi]

axborot texnologiyasi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;

1.Axborot (axborotlashtirish) / Axborot resurslari]

axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi;

1.Arxiv ishi / Milliy arxiv fondi]

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (OʻzR MAF) — Oʻzbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan, Oʻzbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tarixan paydo boʻlgan, doimo toʻldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak boʻlgan arxiv hujjatlarining majmui;

markaziy ekspert komissiyasi (MEK) — vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, yuridik shaxslar birlashmalarida hujjatlarni, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnikaviy, kino, surʼat, ovozli va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatini ekspertiza qilish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib borish, shuningdek tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub korxona va tashkilotlarning ekspert komissiyalari (EK) faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirishi uchun tuziladigan komissiya;

ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — hujjatlarning qimmatini ekspertiza qilishning ilmiy-uslubiy va amaliy masalalarini koʻrib chiqish va ular tomonidan davlat va idoraviy arxivlarni jamlash, ish yuritishda hujjatlarni tashkillashtirish, shuningdek markaziy ekspert komissiyalari va tashkilotlarning ekspert komissiyalarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan boshqarishni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalarida tuziladigan komissiya;

ekspert komissiyasi (EK) — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, muassasa, tashkilotda hujjatlar, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnikaviy va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatini ekspertiza qilish va ularni davlat saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish va olib borish uchun tuziladigan komissiya.

  1. Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizom»ga muvofiq MEK yoki EKning xulosasi asosida hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) moʻljallangan.
  2. Mazkur Yoʻriqnoma asosida har bir tashkilot arxiv nusxalarini yaratish, ularni davlat saqloviga topshirish tartibi va shartlari batafsil bayon qilingan axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi boʻyicha oʻzining ichki idoraviy yoʻriqnomasini ishlab chiqadi. Yoʻriqnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va OʻzR tegishli markaziy davlat arxivi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi bilan kelishiladi.
  3. ETKga arxiv nusxalarini elektron hujjatlar arxiviga topshirish jadvali ham kelishish uchun taqdim qilinadi. Jadval yangi axborot resursini qoʻllaydigan axborot texnologiyasini foydalanishga joriy etishda ishlab chiqiladi yoki toʻldiriladi.
  4. Axborot resurslarining tasniflanishi
  5. Axborot resurslarida axborot matn, grafik, video-, audio- va multimediya (matn, grafik, ovozli va audio formatlar kombinatsiyasi) shakllarida taqdim etilishi mumkin.
  6. Axborot resurslari ularni yaratishda qoʻllaniladigan texnologiyalar turlari va saqlash muddatlari boʻyicha tasniflanadi.
  7. Axborot resurslariga ularni yaratishda qoʻllaniladigan texnologiyalar turlari boʻyicha tasniflashda quyidagilar kiradi:

Maʼlumotlar bazalari va banki, ular oʻz navbatida:

davlat kadastrlari;

davlat registrlari;

davlat reestrlari;

hisob-statistik xarakterdagi maʼlumotlar bazasi;

ilmiy-tadqiqotlar maʼlumotlari bazasi;

normativ, maʼlumot va bibliografik va h. k maʼlumotlar bazalariga boʻlinadi.

Internet nashrlar, jumladan:

hukumat saytlari;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari saytlari;

oʻquv va ilmiy saytlar;

ommaviy axborot vositalari saytlari;

elektron toʻlov boʻyicha saytlar;

elektron kutubxonalar saytlari va h. k.

  1. Saqlash muddatlari boʻyicha axborot resurslari quyidagilarga boʻlinadi:

tegishli davlat arxiviga davlat saqlovi uchun topshiriladigan, saqlash muddati doimiy boʻlgan axborot resurslari;

davlat arxiviga topshirilmaydigan, tashkilotda saqlash muddati doimiy boʻlgan axborot resurslari;

vaqtinchalik saqlanish muddatiga ega boʻlgan axborot resurslari.

  1. Saqlash muddati doimiy boʻlgan, tegishli davlat arxiviga davlat saqlovi uchun topshiriladigan axborot resurslariga quyidagilar kiradi:

asosiy davlat axborot resurslari;

hisob-statistik xarakterdagi va normativ axborotlarning rasmiy maʼlumotlar bazalari va banki;

ilmiy-tadqiqotlar maʼlumotlari bazalari;

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining internet nashrlari;

ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning alohida saytlari (MEK va/yoki EK qarori boʻyicha).

  1. Tashkilotda saqlash muddati doimiy boʻlgan davlat arxivlariga topshirilmaydigan axborot resurslariga quyidagilar kiradi:

tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizom»ga muvofiq hujjatlarni (kadastrlar, registrlar, shuningdek normativ, maʼlumot-uslubiy va bibiliografik maʼlumotlar bazalari) doimiy saqlash huquqi berilgan rasmiy maʼlumotlar bazalari va banklari;

davlat arxivlariga topshirilmaydigan, lekin tashkilot uchun doimiy qimmatlikka ega boʻlgan internet nashrlar.

Ushbu turdagi axborot resurslarining saqlovini taʼminlash uchun davlat arxivlarida arxiv nusxalarining depozitar saqlovi qoʻllaniladi.

  1. Vaqtinchalik saqlanish muddatiga ega boʻlgan axborot resurslariga, tashkilotlarda zarurat muddati tugagunga qadar saqlanadigan va MEK yoki EK qarori bilan yoʻq qilinishi mumkin boʻlgan, amaliy va yordamchi xarakterga ega boʻlgan axborot maʼlumotlar bazalari kiradi.

III. Axborot resurslarining qimmatini ekspertiza qilish

  1. Axborot resurslaridagi maʼlumot elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat hisoblanadi va qogʻoz nusxasidagi hujjatlar bilan teng yuridik kuchga ega boʻladi.

Tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan axborot resurslari OʻzR MAFga tegishli boʻlib, doimo (muddatsiz) saqlanishi lozim.

  1. Saqlanish muddati doimiy boʻlgan axborot resurslarini saralab olish uchun tashkilotning MEK yoki EK tomonidan ularning qimmatlilik ekspertizasi oʻtkaziladi.

Tashkilotning MEK yoki EK axborot resurslarining qimmatlilik ekspertizasini ularni yaratish davrida oʻtkazadi.

  1. Axborot resurslarining qimmatini ekspertiza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

axborot resurslarining saqlash muddatlarini aniqlash;

axborot resurslari orasidan doimiy saqlanishi lozim boʻlgan toifalarini ajratib olish;

axborot resurslaridan oʻchirilayotgan maʼlumot yangilanish jarayonida amaliy va/yoki ilmiy-tarixiy qimmatlikka egaligini belgilash;

amaliy va/yoki ilmiy-tarixiy qimmatlikka ega boʻlgan oʻchirilayotgan maʼlumotning saqlanishini taʼminlash.

  1. MEK yoki EK davlat saqloviga topshirilishi lozim boʻlgan axborot resurslarining arxiv nusxalarini quyidagi mezonlar asosida saralaydi:

yangilik darajasini;

axborotning noyobligi, uning ijtimoiy ahamiyati;

tijorat qimmatligi va tarixiy ahamiyati.

  1. Qimmatlilik ekspertizasi natijalari tashkilot tomonidan tuziladigan davlat saqloviga topshirilishi lozim boʻlgan loyihalar, EH roʻyxatida aks ettiriladi.
  2. Tashkilotning MEK yoki EK qarori bilan quyidagi ahamiyatga ega boʻlgan arxiv nusxa yaratiladi:

axborot resursi mazmunining toʻliq nusxasi;

oʻchirilayotgan maʼlumot mazmunining nusxasi;

oʻzgartirilayotgan yozuvlarning (fayllarning) oldingi va yangi ahamiyati (mazmuni) nusxasi.

  1. Tashkilotning MEK yoki EK axborot resursi mazmunining toʻliq nusxasi yoki oʻchirilayotgan maʼlumot mazmunining nusxasini yaratish toʻgʻrisidagi qarorni axborot resursining hajmi juda katta, kiritilayotgan oʻzgartishlar kam ahamiyatga ega, maʼlumotlarning toʻliq hajmi bilan solishtirib boʻlmaydigan darajada boʻlgan hollarda qabul qilinadi. Bunday hollarda vaqt boʻyicha birinchi yaratilgan arxiv nusxasi axborot resursi mazmunining toʻliq nusxasini albatta oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
  2. Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish tartibi
  3. Axborot resurslarining arxiv nusxalari quyidagi hollarda yaratiladi:

doimiy saqlanishi lozim boʻlgan axborot resurslariga avvalgi maʼlumotlarni oʻchirishga olib keladigan oʻzgartishlar kiritish;

axborot resursini yangi (zamonaviyroq) axborot tashuvchilarga oʻtkazilayotganda.

Kiritilayotgan oʻzgartishlar (qoʻshimchalar) mavjud maʼlumotlarning oʻchirilishiga yoki oʻzgarishiga olib kelmasa, yoki oʻchirilayotgan maʼlumot qimmatlilik ekspertizasi natijalari boʻyicha amaliy va/yoki ilmiy-tarixiy qimmatlikka ega emas deb topilgan xollarda arxiv nusxasining yaratilishi talab qilinmaydi.

  1. Axborot resurslarining arxiv nusxalari tashuvchilari sifatida magnitooptik disklar yoki maʼlumotlarni ishonchli va uzoq muddat saqlovchi boshqa elektron maʼlumot tashuvchilardan (flesh-xotira, tashqi disklar va boshq.) foydalanish lozim.
  2. Axborot resurslarining arxiv nusxalari yaratilayotganda tashkilotlar quyidagilarni taʼminlashi lozim:

taqdim etilayotgan maʼlumotning ishonchliligi va toʻliqligini;

axborot resurslarining axborot va texnologik moslashuvchanligini.

  1. Arxiv nusxalarining yaratilishi va ishonchliligi uchun axborot resursiga oʻzgarishlar kiritishga masʼul boʻlgan shaxs masʼul etib tayinlanishi lozim.
  2. Har bir arxiv nusxasi umumiy talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan alohida EH hisoblanadi. EHning nomida uning qaysi axborot resursining arxiv nusxasi ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Tashkilotning MEK yoki EK axborot resursi mazmunining toʻliq nusxasi yoki oʻchirilayotgan maʼlumot mazmunining nusxasini yaratilishini qaror qilgan hollarda, EH rekvizitlari axborot resursining umumiy tuzilishida oʻzgartirilayotgan qismning oʻrnini koʻrsatishi shart.
  3. Arxiv nusxalari hisobi va saqlanishi arxivga topshirilgunga qadar tashkilotda EHni hisobga olish va saqlashning umumiy talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
  4. Arxiv nusxalarini davlat arxiviga topshirish tartibi
  5. Axborot resurslarining arxiv nusxalari mazkur resursni yaratish uchun qoʻllaniladigan dastur vositalari, dasturiy taʼminot va EH uchun elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bilan birga tegishli markaziy davlat arxivi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari ETKsi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat arxiviga topshiriladi.
  6. Axborot resurslarining arxiv nusxalarini davlat saqloviga topshirish tasdiqlangan jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan OʻzR MAF hujjatlarini tashkilotlarda vaqtinchalik saqlash muddatlari tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
  7. Axborot resurslaridan foydalanish va muhofazasini taʼminlash uchun davlat arxivlarining javobgarligi
  8. Hujjatlashtirilgan axborot resursining muhofazasini taʼminlash boʻyicha choralar uni davlat arxiviga topshirayotgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
  9. Axborot resursini davlat saqloviga qabul qilishda xavfsizlikni muhofaza qilishni quyidagi dasturiy-texnik vositalar va tashkiliy choralar yordamida tegishli davlat arxivi taʼminlaydi:

axborot xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash va bartaraf etish;

axborot resursining arxiv nusxasini topshirish, arxivni shakllantirish, uni saqlash va undan foydalanishda maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash;

ruxsat berilmagan axborot resursidan foydalanish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishdan muhofaza qilish;

arxiv maʼlumotlarning zaxira va qayta tiklanishi tizimini taʼminlash.

  1. Umumiy foydalanishga moʻljallangan axborot resurslari (yuridik va jismoniy shaxslar, normativ-huquqiy aktlar, tabiiy resurslar, davlat organlarining veb-saytlari va boshqalar boʻyicha maʼlumotlar bazalari) barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat arxivlari tomonidan ularga belgilangan vakolatlar doirasida taqdim etiladi.

Maxsus davlat axborot resurslaridan (davlat siri va konfidensial maʼlumotlarga ega boʻlgan idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlari, davlat yuridik shaxslari va jismoniy shaxslar) foydalanish uchun ruxsat berish davlat arxivlari tomonidan ularni shakllantirish, qoʻllanilishi va yangilanib borilishiga masʼul boʻlgan organlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

  1. Axborot resurslarini davlat saqloviga topshirgan tashkilotlar undan foydalanish huquqidan mahrum boʻlmaydilar.
  2. Axborot resurslarini davlat saqloviga qabul qilgan davlat arxivlari quyidagilar uchun javobgardirlar:

maʼlumotlar bilan ishlash qoidalarini buzganlik, maʼlumot almashinuvini amalga oshirishda huquqbuzarlik harakatlaridan foydalanganlik va yoʻl qoʻyganlik;

jismoniy shaxslar haqida shaxsiy maʼlumotlarga ega boʻlgan axborotlarni tarqatganlik;

axborot resurslarining himoya qilinishini taʼminlash;

axborot resurslaridagi maʼlumotlarni oʻgʻirlash, yoʻqotish, buzish, blokirovka qilish va soxtalashtirish;

mualliflik huquqlari va intellektual mulk boʻyicha qonunchilikni buzganlik.

Davlat arxivlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa javobgarlik ham yuklatilishi mumkin.

VII. Yakuniy qoidalar

  1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2007-yil 7-iyul

 

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 350-modda)

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING buyrugʻi

HUJJATLARNING QIMMATLILIGINI ANIQLASH EKSPERTIZASINI OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2347]

Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Bosh direktor A. ABDULLAYEV

Toshkent sh.,

2012-yil 14-fevral,

10-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 14-fevraldagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA

Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi

NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) muvofiq hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) hamda shaxsiy arxiv hujjatlarini shakllantiradigan jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
  2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:

dublet hujjat — hujjatning koʻpaytirilgan nusxasi yoki bir qancha nusxalari. Dublet hujjatlar bir tashkilotning yoki uning tarkibiy tuzilmalaridagi arxiv fondida boʻlishi mumkin;

hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash uchun tanlab olish maqsadida hujjatlar yoki arxiv hujjatlarining qimmatliligini belgilash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar majmui;

Ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda EK deb yuritiladi) — tashkilotlarda hujjatlarni, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek ularni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish va olib borish uchun tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;

Markaziy ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda MEK deb yuritiladi) — vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora va yuridik shaxslar birlashmalarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlarning EKlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;

Oldingi tahrirga qarang.

Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) – davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan tashkilotlarning EK va MEKlari faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya.

(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 5-iyuldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2347-1, 01.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 373-modda)

Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) — hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning ilmiy-uslubiy va amaliy masalalarini koʻrib chiqish, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarni arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning EK va MEKlarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan boshqarishni amalga oshiruvchi markaziy davlat arxivlarida tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;

Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqiga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) qoshida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;

Milliy arxiv fondi (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) — Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui;

hujjatlarni saqlash muddatlari koʻrsatilgan namunaviy roʻyxat (bundan buyon matnda hujjatlarning namunaviy roʻyxati deb yuritiladi) — “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, tarmoq roʻyxatlarini ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi, hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan namunaviy roʻyxat;

hujjatlarni saqlash muddatlari koʻrsatilgan tarmoq roʻyxati (bundan buyon matnda hujjatlarning tarmoq roʻyxati deb yuritiladi) — hujjatlarning namunaviy roʻyxati asosida tarmoq boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan roʻyxat;

shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar — xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari.

II bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning asosiy maqsad va vazifalari

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

hujjatlarning ilmiy-tarixiy, amaliy va boshqa arxiv ahamiyatidan kelib chiqib ularning saqlash muddatlarini aniqlash;

hujjatlarni notoʻgʻri va asossiz yoʻq qilish holatlarini bartaraf etish.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ilmiy-tarixiy, amaliy va boshqa arxiv ahamiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlaridan kelib chiqib aniqlash va tanlab olish;

yetishmaydigan materiallar oʻrnini toʻldirish yoʻli bilan arxiv fondlari tarkibining toʻliqligiga erishish;

hujjatlarning jismoniy holatiga baho berish.

III bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning asosiy bosqichlari

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

ish yuritish jarayonida;

hujjatlarni idoraviy saqlash jarayonida;

arxivda.

  1. Ish yuritish jarayonida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish hujjatlarning yigʻmajildlari nomenklaturasini tuzish, hujjatlar yigʻmajildlarini shakllantirish va ularni idoraviy saqlashga tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi.
  2. Hujjatlarni idoraviy saqlash jarayonida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish hujjatlarning yigʻmajildlarini tartibga solish va arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi.
  3. Arxivda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

egasiz hujjatlar arxivga tartibga solinmagan holda saqlash uchun olinganda;

arxiv roʻyxatlarini takomillashtirish va qayta ishlash jarayonida.

IV bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish mezonlari

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish hujjatlarning kelib chiqishi, mazmuni va tashqi oʻziga xosliklarining tegishli mezonlarini kompleks qoʻllash yoʻli bilan tarixiylik, tizimlilik va butlilik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
  2. Hujjatlarning kelib chiqishi mezonlariga quyidagilar kiradi:

hujjatli fond tashkil etuvchining (faoliyatida hujjatli fond hosil boʻladigan yuridik shaxs) va u tomonidan bajariladigan vazifalarning ahamiyati;

hujjatlarning muallifliligi, ularning tuzilgan vaqti va joyi.

  1. Hujjatlarning mazmuni mezonlariga quyidagilar kiradi:

hujjatlarda saqlanayotgan axborotning qimmatliligi;

hujjatlarning yuridik kuchi va aslligi;

hujjatlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi;

hujjatning turi va koʻrinishi.

  1. Hujjatlarning tashqi oʻziga xosligi mezonlariga quyidagilar kiradi:

qayd etish shakli va mazmunini yetkazish (hujjatning tashqi koʻrinishi, koʻrsatma, qayd yozuvi va belgilarning mavjudliligi);

hujjatlarni tasdiqlash va rasmiylashtirish (badiiy, paleografik, tilga oid va boshqa xususiyatlar);

hujjatlarning jismoniy holati va moddiy asosining xususiyatlari.

V bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish jarayoni va uning natijalarini rasmiylashtirish

  1. MAF tarkibiga kiruvchi hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tashkilotlarning EK (MEK) bilan tegishli ETK (ETUK)ning ilmiy-uslubiy rahbarligi ostida amalga oshiriladi.

MAF tarkibiga kiruvchi hujjatlarni aniqlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish METK yoki tegishli ETK (ETUK) tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tashkilotning tarixini yoki arxiv hujjatlarini shakllantiradigan jismoniy shaxslarning tarjimayi holini, ulardagi hujjatlarning tarkibi va mazmunini oʻrganishdan boshlanadi.

Katta hajmdagi, murakkab va bir turdagi arxiv fondlarining hujjatlari bilan ishlash uchun ishchi yoʻriqnoma hamda doimiy va vaqtinchalik saqlanishi lozim boʻlgan hujjatlarning taxminiy roʻyxati tuziladi.

Har bir yigʻmajildni betma-bet koʻzdan kechirish orqali unda dublet yoki yaroqsiz hujjatlarning mavjudligi aniqlanadi va ushbu hujjatlarning nusxalari saqlash uchun qaysi yigʻmajildda qoldirilishi belgilanadi.

  1. Arxiv fondlarini oʻrganish hujjatlarning quyidagi guruhlarini aniqlashga yordam beradi:

doimiy saqlash muddatidagi hujjatlar;

alohida qimmatli va noyob hujjatlar;

vaqtincha saqlash muddatidagi hujjatlar;

yoʻq qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish jarayonida asosiy eʼtibor tashkilotlarning ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarini aniqlash va tanlab olishga qaratiladi.
  2. Zarurat tugʻilganda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish uchun boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini jalb qilish mumkin.
  3. Yigʻmajilddagi hujjatlarning koʻp qismi vaqtincha saqlash muddatidagi hujjatlar boʻlganida, shuningdek hujjatlar yigʻmajildiga 250 tadan koʻp varaq kiritilgan yoki hujjatlar yigʻmajildining eni 4 santimetrdan ortiq boʻlgan hollarda tikilgan hujjatlar yigʻmajildi soʻkiladi va qayta rasmiylashtiriladi.
  4. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish vaqtida ularni saqlash muddatlarini aniqlash uchun hujjatlarning namunaviy va tarmoq roʻyxatidan, shuningdek tashkilotlarning tasdiqlangan yigʻmajildlar roʻyxatidan foydalaniladi.
  5. Hujjatlarning namunaviy va tarmoq roʻyxatlariga kiritilmagan hujjatlarni saqlanish muddatlari tashkilotlarning tegishli davlat arxivlari ETK (ETUK) yoki METK bilan kelishilgan EK (MEK) qarori bilan belgilanadi.
  6. Axboroti takrorlanadigan, shuningdek dublet hujjatlarni yoʻq qilishga ajratib olish faqatgina ularni saqlash uchun olib qoʻyilgan hujjatlar bilan solishtirilganidan keyin amalga oshiriladi.

Hujjatlarning asl nusxalaridan tashqari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarning dubletlari, shuningdek matnida qayd yozuvi, koʻrsatma, belgilar va tuzatishlari mavjud boʻlgan hamda tez-tez ishlatiladigan hujjatlarning nusxalari ham saqlash uchun qoldirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish natijasida quyidagilar tuziladi:

doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati (1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq);

alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati (2, 2a va 2b-ilovalarga muvofiq);

saqlash muddati 10 yildan ortiq boʻlgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati (3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq);

shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati (4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq);

hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatlariga ilmiy-maʼlumotnoma apparati (yagona ilmiy-uslubiy asosda tuziladigan arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi oʻzaro bogʻliq va oʻzaro toʻldiruvchan arxiv maʼlumotnomalari majmui);

hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma (5, 5a va 5b-ilovalarga muvofiq).

  1. Davlat arxivlarining jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlarda tuzilgan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatlari dastlab tashkilotning EK (MEK) qarori bilan maʼqullangandan soʻng tegishli ETK (ETUK) hamda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat arxivlarining jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlarda tuzilgan hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar tashkilotning EK (MEK) qarori bilan maʼqullangandan soʻng tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat arxivlarining jamlash manbalari hisoblanmagan tashkilotlarda tuzilgan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatlari va hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar tashkilotning EK (MEK) tomonidan maʼqullanadi hamda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat arxivlarida tuzilgan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatlari va hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar tegishli ETK (ETUK) hamda arxiv muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining roʻyxati EK (MEK) va ETK (ETUK) qarorlari asosida arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlangandan, shuningdek shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarning roʻyxati tegishli EK (MEK) qarorlari asosida (davlat arxivlarining jamlash manbalari hisoblangan yoki hisoblanmagan tashkilotlarda) maʼqullanib, tegishli ETK (ETUK) bilan (davlat arxivlarining jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlarda) kelishilgandan hamda arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
  2. Tashkilotning yoʻq qilishga ajratilgan barcha hujjatlariga bitta umumiy dalolatnoma tuziladi.

Bir nechta tarkibiy boʻlinmalar hujjatlarining yigʻmajildlari koʻrsatilgan dalolatnomalarda tegishli tarkibiy boʻlinmaning nomi uning hujjatlari guruhidan oldin alohida koʻrsatiladi.

Hujjatlarni yoʻq qilishga tanlab olingan bir turdagi hujjatlar yigʻmajildlarining sarlavhalari dalolatnomaga umumiy sarlavha ostida, mazkur guruhga kirgan hujjatlar yigʻmajildlarining miqdori koʻrsatilgan holda kiritiladi.

  1. Hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga dalolatnoma tuzilayotgan yilning yanvar oyi holatiga saqlash muddati tugagan hujjatlar kiritiladi.

Faoliyatida MAF hujjatlari shakllanmaydigan tashkilotlar saqlash muddati tugagan hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni tashkilotning tegishli davr uchun shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlari arxiv roʻyxatlarining yillik boʻlinmalari shakllantirilgandan hamda ular tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin tuzadi va mazkur dalolatnomaga kiritilgan hujjatlarni yoʻq qiladi.

  1. Hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tasdiqlanib, hujjatlardagi moddiy qimmatga ega boʻlgan filatelistik va boshqa kolleksion materiallar olib qoʻyilganidan keyin ular yoʻq qilishga topshiriladi va hisobdan chiqariladi.

Hujjatlarning yigʻmajildlarini davlat saqloviga topshirish, topshirish sanasi va topshirilayotgan hujjatlar yigʻmajildlari miqdori koʻrsatilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning yakuni quyidagilar hisoblanadi:

tuzilgan hujjatlar yigʻmajildlarining roʻyxatlari va hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarning EK (MEK), ETK (ETUK) va METK majlislarida bosqichma-bosqich koʻrib chiqilishi;

hujjatlar yigʻmajildlarining roʻyxatlariga ETK (ETUK) muhr (shtamp)larining qoʻyib chiqilishi.

  1. Tashkilotda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ishlar idoraviy arxiv yoki davlat arxivlarining yillik rejasiga muvofiq oʻtkaziladi.
  2. Tashkilotda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi tashkilotlar yoki arxiv muassasalarining tegishli mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.

Arxivlar mutaxassislari tomonidan tashkilotda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

VI bob. Yakuniy qoida

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 1

 

ARXIV HUJJATLARI DAVLAT ARXIVLARIGA TOPSHIRILISHI LOZIM BOʻLGAN KORXONALAR, MUASSASALAR VA TASHKILOTLARNING ROʻYXATINI TUZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2360]

Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:

  1. Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Bosh direktor A. ABDULLAYEV

Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish va yuritish tartibini belgilaydi.

  1. Umumiy qoidalar
  2. Arxiv hujjatlari davlat arxiviga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblanadi.
  3. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga faqat yuridik shaxslar kiritiladi.
  4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

davlat arxivining jamlash zonasi — davlat arxivi faoliyati tatbiq etiladigan hudud;

hujjatli fond tashkil etuvchi — faoliyatida hujjatli fond hosil boʻladigan yuridik shaxs;

Ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;

Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (METK) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) qoshida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;

Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi (ETUK) — hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning ilmiy-uslubiy va amaliy masalalarini koʻrib chiqish, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarni arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning EK va MEKlarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan boshqarishni amalga oshiruvchi markaziy davlat arxivlarida tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya.

  1. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibini aniqlash
  2. Quyidagilar davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalarini aniqlash mezonlari hisoblanadi:

tashkilotning tizimdagi ahamiyati;

yuqori turuvchi tashkilot fondidagi reja-hisobot va axborot-tahliliy hujjatlarining takroriylik darajasi va axborotning toʻliq aks ettirilishi.

  1. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari boʻlgan tashkilotlar “Oʻzarxiv” agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga boʻysunuvchi davlat arxivlari tomonidan aniqlanadi.

Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari oʻtgach belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiradi.

  1. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

faoliyatida MAF davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan hujjatlar yaratiladigan tashkilotlar;

ilgari davlat mulki egaligida boʻlgan, mulkchilik shaklini oʻzgartirgunga qadar ular faoliyatida shakllanib, MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlar;

hujjatlari MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan, oʻz hujjatlarini shartnoma asosida davlat arxiviga doimiy saqlashga topshirgan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari;

mulkchilik shaklini oʻzgartirgan MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlar.

  1. Davlat arxivlarining jamlash manbalari tarkibi quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:

davlat arxivining jamlash zonasida joylashgan tashkilotlarni saralash;

tashkilot tomonidan bajariladigan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish;

tashkilot faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning tarkibini oʻrganish;

tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish.

  1. Davlat arxivlarining rasmiy soʻrovi asosida statistika organlari har yili 20-dekabrgacha davlat arxivining jamlash zonasi miqyosidagi faoliyat koʻrsatayotgan va tugatilgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni taqdim etib boradi.

Bunda davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibi statistik maʼlumotlar asosida shakllantirilib boriladi.

  1. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibini sifatli shakllantirishda tashkilot tomonidan bajariladigan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish tashkilotga yuboriladigan davlat arxivlarining rasmiy soʻrovi asosida amalga oshiriladi.
  2. Tashkilotning vazifa va funksiyalarini sifatli tahlil qilish uchun axborot hajmi yetarli boʻlmagan taqdirda, tashkilot rahbariyati bilan kelishilgan holda tashkilot faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning tarkibi, yigʻmajildlar nomenklaturasi va ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomalardan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda tahlil qilinadi.
  3. Davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tizimiga tegishli boʻlgan bir turdagi tashkilotlar aniqlanganda quyidagilar amalga oshiriladi:

arxivning jamlash zonasida joylashgan boshqaruv organi tizimidagi barcha tashkilotlar tarmogʻini va ularning boʻysunuvini tahlil qilish;

davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatida mavjud boʻlgan hamda MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlardagi oʻzgarishlarni (mulkchilikning boshqa shakliga oʻtish, qayta tashkil etilish, tugatilish va boshqalar) aniqlash.

  1. Muayyan bir tashkilotning tizim tashkilotlari hujjatlari tarkibi va mazmunini tahlil qilish davlat arxivining jamlash zonasida joylashgan mazkur tashkilot tizimining yuqori turuvchi tashkilotidan boshlanadi.

Bir turdagi bir nechta tashkilotdan bazaviy tashkilotlar sifatida davlat arxivining jamlash zonasidagi bir yoki bir nechtasi tanlab olinadi.

III. Tashkilotlarni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish

  1. Muayyan bir tashkilotni yoki alohida tashkilotlar guruhini davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritishni oʻrganish natijalari quyidagilar aks ettirilgan maʼlumotnomada rasmiylashtiriladi:

ushbu tashkilot faoliyatida aks ettiriladigan mintaqaning (respublika, viloyat, tuman, shahar) iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga xos boʻlgan tomonlari;

tashkilotning tarmoq tizimi yoki ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni;

tashkilot faoliyatining koʻlami;

tashkilotning asosiy funksiyalari aks ettirilgan hujjatlarning turlari;

hujjatlarini qabul qilish belgilangan bir tashkilot yoki alohida tashkilotlar guruhining davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa.

  1. Davlat arxivlarida hujjatlarni jamlash uchun tashkilotlarning hujjatlari quyidagi turlar boʻyicha qabul qilinadi:

toʻliq qabul qilish — tashkilotlardan doimiy saqlanadigan hujjatlarning butun jamlanmasi qabul qilinadi;

turi boʻyicha tanlanma qabul qilish — har bir tashkilotdan muayyan turdagi hujjatlarning alohida toifasi qabul qilinadi;

guruh boʻyicha tanlanma qabul qilish — muayyan turdagi alohida, maxsus tanlangan tashkilotlardan doimiy saqlanadigan hujjatlarning toʻliq jamlanmasi qabul qilinadi.

  1. Toʻliq qabul qilishning jamlash manbalariga ilmiy-tarixiy va madaniy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan va doimiy saqlanadigan arxiv hujjatlariga ega tashkilotlar kiradi.
  2. Turi boʻyicha tanlanma qabul qilishning jamlash manbalariga davlat arxiviga alohida hujjatlari kelib tushadigan va asosiy rejali-hisobot va axborot-tahliliy hujjatlari yuqori turuvchi yoki boshqa tashkilotlar fondlari tarkibida boʻlib, aynan shu davlat arxiviga kelib tushadigan tashkilotlar kiradi. Agar ushbu tashkilotlar yagona davlat arxivining jamlash zonasiga kirmasa, turi boʻyicha tanlanma qabul qilish toʻliq qabul qilishga almashtiriladi.
  3. Guruh boʻyicha tanlanma qabul qilishning jamlash manbalariga faoliyatida bir turdagi axborotni saqlovchi, tarkibi boʻyicha oʻxshash hujjatlar majmuasini paydo qilgan tashkilotlar kiradi. Bu holda bir turdagi tashkilotlar guruhidan tarixiy ahamiyati muhimroq boʻlgan, guruhdagi tashkilotlardan faoliyat miqyosi, joylashgan joyi yoki boshqa xususiyatlari bilan ajralib turuvchi tashkilotlar tanlab olinadi.
  4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga soʻzsiz kiritiladi.

Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga tarmoqning muhim ishlab chiqarish — sanoat va ijtimoiy funksiyalarini bajaradigan tashkilotlar (mazkur hududning iqtisodiyotini belgilovchi zavodlar, fabrikalar, taʼlim muassasalari) kiradi, bundan MAFning hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari mustasno.

  1. Tashkilot tarkibidagi tuzilmalarning (alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmalar, direktorlar kengashi, vakillar yigʻilishi va h. k.) hujjatlari davlat arxivlariga ular faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot fondi tarkibida topshiriladi.
  2. Tashkilotlarni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi masala tegishli ETK (ETUK)larda koʻrib chiqiladi.

ETK (ETUK)da tashkilotni jamlash manbaiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun tegishli davlat arxivi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

hujjatli fond tashkil etuvchi tashkilot va arxiv fondining tarixi boʻyicha maʼlumotlar aks ettirilgan tarixiy maʼlumotnoma, tashkilot hujjatlarining tarkibi va mazmuni haqida qisqacha tavsifnoma va arxiv ilmiy-maʼlumotnoma apparati tizimi;

yigʻmajildlar nomenklaturasi;

tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.

  1. Tashkilotni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma 3 nusxada tuziladi: birinchi nusxa tashkilotning davlat arxivi tomonidan yuritiladigan kuzatuv yigʻmajildga joylashtiriladi, ikkinchi nusxa arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaning ETK (Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy davlat arxivida — ETUK) ish yuritishida foydalanish uchun olib qoʻyiladi, uchinchi nusxa tashkilot rahbariga ETK (ETUK)ning tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma bilan birgalikda yuboriladi.
  2. ETK (ETUK)ning maʼqullash toʻgʻrisidagi qarori mazkur tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
  3. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini tuzish, rasmiylashtirish va yuritish
  4. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini tuzish quyidagilarga muvofiq amalga oshiriladi:

davlat arxivining jamlash zonasida tashkilotlar ixtisosligi va tarmoq tizimlarining faoliyati;

har bir turdagi tashkilot, shuningdek u yoki bu turdagi muayyan tashkilotning faoliyati xususiyatlari;

arxiv muassasalari, mavjud davlat arxivlari tarmoqlarining yoʻlga qoʻyilgan ish amaliyoti.

  1. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati har bir arxivda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi.
  2. Davlat arxivlarining jamlash manbalari boʻlgan barcha tarmoq tashkilotlarini qamrab olish maqsadida maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat tashkilotlari ham davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritiladi.
  3. Davlat arxivi tomonidan asosiy jamlash manbalari roʻyxati bilan bir qatorda davlat arxivini jamlash manbalarining qoʻshimcha va ehtimoliy roʻyxatlari ham tuziladi.
  4. Davlat arxivlarini jamlash manbalarining qoʻshimcha roʻyxatiga arxiv hujjatlari shartnoma boʻyicha vaqtincha yoki depozitar saqlash uchun davlat arxiviga topshirilgan tashkilotlar kiritiladi.
  5. Hujjatlari MAF tarkibiga kiritilishi mumkin boʻlgan, biroq bu boʻyicha hali bitimga erishilmagan tashkilotlar davlat arxivlarining jamlash manbalari ehtimoliy roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
  6. Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlari loyihasi va tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma uni asoslaydigan hujjat bilan birgalikda arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmalarga ETKda koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlari ETUKda koʻrib chiqilib maʼqullangandan keyin, “Oʻzarxiv” agentligining METKsiga taqdim etiladi.
  8. Tegishli davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibi va hujjatlarni qabul qilish turi masalalari boʻyicha kelishmovchiliklar tegishli ETK (METK) yigʻilishlarida ovozga qoʻyish orqali koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi.
  9. Zarur hollarda munozarali masalalarni qoʻshimcha ravishda oʻrganib chiqish uchun ETK (METK) majlisida takroriy koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Munozarali masalalar tegishli ETK (METK) yigʻilishlarida hal etilmagan taqdirda, arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarma boshligʻi (“Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori) yakuniy qarorni qabul qiladi.

  1. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati loyihasining kelishilishi toʻgʻrisidagi ETK (METK) qarori ETK (METK) majlisi bayonnomasida qayd etiladi va tasdiqlash uchun arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarma boshligʻiga (“Oʻzarxiv” agentligi bosh direktoriga) taqdim etiladi.

Roʻyxatning oxirida, pastki chap burchagida “Arxiv ishi boshqaruv organining ETK (METK) bilan kelishilgan” degan shtamp qoʻyiladi va rahbar tomonidan tasdiqlanib, bayonnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi.

  1. Arxiv ishi boshqaruv organi ETK (METK)ning davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisidagi qarori arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarma rahbari (Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida — direktori) tomonidan tasdiqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
  2. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlarini aniqlashtirish boʻyicha ishlar davlat arxivlari tomonidan muntazam, biroq yiliga kamida bir marta olib boriladi hamda davlat arxivlarining joriy ish rejalarida qayd etiladi.
  3. Davlat arxivlarining tegishli xodimlari tashkilotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni (tashkilotlarning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi, davlat tashkilotlarining mulkchilikning nodavlat shakliga oʻtishi) muntazam kuzatib boradilar va arxivlarning asosiy jamlash manbalari roʻyxatlariga tegishli oʻzgartirish va aniqliklar kiritadilar.

Bunda ETK (METK) tomonidan davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritiladigan oʻzgartirish va aniqliklar ushbu roʻyxatni tuzish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxati har yili yanvar oyida reja asosida hamda ushbu roʻyxatga tashkilotlar tarkibining jiddiy oʻzgarishiga olib keluvchi muhim oʻzgarishlar kiritilgan taqdirda qayta koʻrib chiqiladi.
  2. Yakuniy qoidalar

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2615]

O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:

  1. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bosh direktor A. ABDULLAYEV

Toshkent sh., 2014-yil 25-avgust, 62-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2014-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrug‘iga ILOVA

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini (bundan buyon matnda xizmatlar nomenklaturasi deb yuritiladi) tuzish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa;

idoraviy arxiv — yuridik shaxsning arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmasi;

xizmatlar nomenklaturasi — arxiv yoki idoraviy arxiv tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmat turlari ro‘yxati.

  1. Arxivlar va idoraviy arxivlar o‘z ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan faoliyat turlari doirasida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bepul va pulli xizmatlar ko‘rsatadi.
  2. Mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladi.
  3. Har bir arxiv yoki idoraviy arxiv tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati ular tomonidan mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan xizmatlar nomenklaturasida ko‘rsatilishi zarur.

2-bob. Xizmatlar nomenklaturasini tuzish

  1. Xizmatlar nomenklaturasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati asosida tuziladi.
  2. Muayyan xizmat turini xizmatlar nomenklaturasiga kiritish uchun:

tegishli xizmat turi arxiv yoki idoraviy arxivning ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan faoliyat turlariga muvofiq bo‘lishi;

arxiv yoki idoraviy arxiv tegishli xizmat turini sifatli amalga oshirish uchun zarur ilmiy-uslubiy salohiyatga va texnik jihozlarga ega bo‘lishi talab etiladi, mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.

  1. Arxiv yoki idoraviy arxiv muayyan xizmat turini sifatli amalga oshirish uchun zarur ilmiy-uslubiy salohiyatga va texnik jihozlarga ega bo‘lmasa, boshqa tashkilotlarning ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlaridan shartnoma asosida foydalangan holda pulli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Bunda ushbu xizmat turlari ham xizmatlar nomenklaturasiga kiritiladi.
  2. Xizmatlar nomenklaturasi har kalendar yil uchun alohida tuziladi. Kelgusi kalendar yil uchun xizmatlar nomenklaturasi yil oxiriga qadar tasdiqlanishi lozim.
  3. Xizmatlar nomenklaturasini har yili qayta tasdiqlashda arxiv yoki idoraviy arxivning ta’sis hujjatlarida, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlar bilan ta’minlanish darajasida yuz bergan o‘zgarishlarga muvofiq muayyan xizmat turlari xizmatlar nomenklaturasiga kiritiladi yoki undan chiqarib tashlanadi.
  4. Muayyan xizmat turini amalga oshirish uchun buyurtmalar berilmaganligi mazkur xizmat turini xizmatlar nomenklaturasidan chiqarib tashlash uchun asos bo‘lmaydi.

3-bob. Xizmatlar nomenklaturasini kelishish, tasdiqlash hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston milliy arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan;

(11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 232-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2615-1, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)

idoraviy arxivlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tashkilotning ekspert komissiyasi yoki markaziy ekspert komissiyasi bilan kelishiladi.

  1. Kelishish uchun taqdim etilgan xizmatlar nomenklaturasiga pulli xizmatlar narxnomasi ilova qilinadi.
  2. Kelishilgan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv yoki idoraviy arxiv rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadi.
  3. Arxiv yoki idoraviy arxivning ta’sis hujjatlarida, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlar bilan ta’minlanish darajasida o‘zgarish yuz berganda, xizmatlar nomenklaturasiga uni tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim.

4-bob. Yakuniy qoidalar

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Arxivlar va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligiga mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan muayyan xizmat turining o‘z amaliy ahamiyatini yo‘qotganligi haqida yoki ushbu ro‘yxatda nazarda tutilmagan yangi xizmat turini joriy etish zarurati haqida takliflar bilan murojaat qilishga haqli.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 232-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2615-1, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar

RO‘YXATI

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Xizmatlar turi

1. Tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirish

1.

Fondlarga tarixiy ma’lumotnoma tuzish

2.

Yig‘majildlarni va hujjatlarni tartibga solish rejasini tuzish

3.

Yig‘majildlarni va hujjatlarni tizimlashtirish sxemalarini ishlab chiqish

4.

Yig‘majildlar va hujjatlarning fondga tegishliligini aniqlash va belgilash

5.

Yig‘majildlar va hujjatlarning qimmatliligini ekspertiza qilishga qadar tizimlashtirish

6.

Hujjatlarning ilmiy-amaliy qimmatliligi ekspertizasini amalga oshirish (varaqma-varaq ko‘rib chiqish, varaqma-varaq ko‘rib chiqmasdan)

7.

Tartibga keltirilmagan (tarqoq) hujjatlar to‘plamidan yig‘majildlarni shakllantirish va ularni qaytadan shakllantirish

8.

Yig‘majildlarga sarlavha tuzish va hujjatlarga annotatsiya yoki qisqacha ma’lumot yozish

9.

Yig‘majildlardagi chizma qog‘ozlarni buklab taxlash

10.

Yig‘majildlar varaqlarini tizimlashtirish

11.

Ilmiy-texnikaviy hujjatlarni qismlar, loyiha bosqichlari, muammo bosqichlari bo‘yicha tizimlashtirish

12.

Chizma hujjatlarini yig‘majild ichida tizimlashtirish

13.

Yig‘majildlar, hujjatlar va fotoalbomlarning ichki xatlovini tuzish

14.

Yig‘majildlar sarlavhalarini tahrir etish

15.

Varaqchalarga arxiv belgilarini qo‘yib chiqish

16.

Noto‘g‘ri shakllangan (tikib qo‘yilgan) yig‘majildlarni ajratish, hujjatlarni qisqichdan ajratish

17.

Yig‘majildlar va fotoalbomlardagi varaqlarni raqamlash

18.

Fotoalbomdagi pozitivlarni raqamlash

19.

Kinohujjatlarni komplekt bo‘yicha ajratish

20.

Kinohujjatlarni montaj stolida ko‘rib chiqish

21.

Raqamlangan varaqlarni tekshirish, qayta raqamlash

22.

Yig‘majildlar muqovasi yoki titul varaqlarini rasmiylashtirish

23.

Tashkilot fondi ichida yig‘majildlarni tizimlashtirish

24.

Yig‘majildlar muqovasiga arxiv raqamlarini qo‘yib chiqish

25.

Yig‘majildlarni kartonlashtirish va qayta kartonlashtirish

26.

Yorliqlarni yozib chiqish va yopishtirish

27.

Yig‘majildlar ro‘yxatini tuzish va rasmiylashtirish

28.

Ro‘yxatlarga ilmiy-ma’lumot apparatini tuzish (so‘zboshi, qisqartirilgan so‘zlar ro‘yxati, ko‘rsatgichlar va boshqalar)

29.

Hujjatlarni stellajlardan ish joyiga tashish

30.

Hujjatlarni changdan tozalash

31.

Saqlash muddati tugagan hujjatlarga, topilmagan hujjatlarga, jismoniy zararlangan hujjatlarga dalolatnomalar tuzish

32.

Bajarilgan ishlar dalolatnomasini tuzish

33.

Alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash

34.

Tashkilot idoraviy arxivida hujjatlarning mavjudligi �a holatini tekshirish

35.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini muddatidan ilgari davlat saqloviga qabul qilish

36.

Idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim bo‘lgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, sud ishlari va xo‘jalik kitoblarini vaqtincha yoki muddatidan oldin davlat arxivlari saqloviga qabul qilish

37.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilmagan vaqtincha saqlanadigan hujjatlarini, tugatilayotgan tashkilotlar hujjatlarini arxivlarga saqlovga qabul qilish

38.

Hujjatlarni (yig‘majildlar ro‘yxatlari, yig‘majildlar nomenklaturasi, hujjatlar ro‘yxatlari va boshqalar) elektron shaklda yozib chiqish

39.

Elektron shaklda yozilgan hujjatlarni asli bilan solishtirib chiqish

2. Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish

40.

Davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxatini tayyorlash

41.

Davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, muammolar (mavzu) ro‘yxatini tayyorlash

42.

Sohaviy va tarmoq ro‘yxatlarini tuzish

43.

Namunaviy, taxminiy va alohida yig‘majildlar nomenklaturasini tayyorlash

44.

Tashkilotning ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxivni yalpi o‘rganish

45.

Tashkilotlardagi arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish

46.

Tanlangan mavzu bo‘yicha idoraviy arxiv faoliyatining ayrim yo‘nalishlari va tashkilotning ish yuritish xizmatini o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan tashkilotga tavsiyalar, maslahatlar berish

47.

Tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlovini tashkil etilishi to‘g‘risida statistik hisobotlarni tuzish

48.

Tashkilotning idoraviy arxivi va ekspert komissiyasi to‘g‘risida nizomlarni ishlab chiqish

49.

Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish

50.

Arxiv ishi va ish yuritish xodimlarining malaka oshirish masalalari bo‘yicha o‘quv-darslari (seminar, trening) o‘tkazish

3. Hujjatlardan foydalanish

51.

Shartnoma asosida amalga oshiriladigan arxiv ishi va xizmatlarini bajarish jarayonida arxiv saqlovxonasidan yig‘majildlar, ro‘yxatlar, mikrofilmlar, kino, foto, fono hujjatlarni olib berish

52.

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlar asosida ma’lumotnomalar tayyorlash

53.

Turar joylar, tashkilotlar tarixi bo‘yicha tarixiy ma’lumotnomalar tayyorlash

54.

Mulkiy huquqlar, evakuatsiya, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarni arxiv ma’lumotnomasi berish orqali ijro etish

56.

Hujjatlarni mavzuli tanlab olish va to‘liq tayyorlab berish

57.

Kino, foto, fono hujjatlar bo‘yicha axborot mazmunidagi (yozma ko‘rinishda) ma’lumotnoma berish

58.

Radioteleko‘rsatuvlar, ko‘rgazmalar tayyorlash

59.

Talab asosida mavzuli fotoalbomlar va videotasvirlar tayyorlash

60.

Davlat arxivida ekskursiya o‘tkazish

61.

Hujjatlarni mavzuli aniqlash, shu jumladan davriy nashrlar, kino, foto, fono hujjatlar asosida

62.

Foydalanuvchilarga montaj varaqlarini o‘quv zalida ko‘rib chiqish uchun berish va qabul qilib olish

63.

Kinohujjatlarning kinozalda namoyishini tashkil etish

64.

Fonohujjatlarni maxsus uskunada eshittirish

65.

Turli negativlardagi plyonka va oyna, kinoplyonkalardan ularning foto nusxalarini ko‘chirib tayyorlash

66.

Hujjatlardan nusxa tayyorlash

67.

Talab asosida ma’lumotlarni ko‘rsatilgan manzilgacha yetkazib berish

4. Hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari

68.

Hujjatlarni, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlarni ta’mirlash

69.

Fot??hujjatlarga konservatsion-profilaktik ishlov berish

70.

Fungitsid bilan kinohujjatlarga ishlov berish

71.

Yig‘majildlar va kitoblarni muqovalash

72.

Yig‘majildlarni tikishga tayyorlash va tikish

73.

Quti, papka, konvertlar tayyorlash

5. Alohida xususiyatga ega boshqa xizmatlar

74.

Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish)

75.

Raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish

76.

Hujjatlarni mikrofilmlash

77.

Hujjatlarning sug‘urta nusxalarini tayyorlash

78.

Matni so‘nib borayotgan hujjatlarga ishlov berish

79.

Matni so‘nib borayotgan hujjatlardagi axborotlarni tiklash

80.

Jismoniy asosi tiklab bo‘lmaydigan darajada shikastlangan hujjatlardagi axborotlarni tiklash

81.

Fuqarolarning ismi, otasining ismi va familiyasiga tavsif tayyorlash

82.

Shajaraviy ma’lumotlar to‘plab berish

83.

Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilib berish

84.

Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish

85.

Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid qisqa muddatli (40 soatgacha hajmda) o‘quv kurslari tashkil etish

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 232-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2615-1, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)

 

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2615-1]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2014-yil 25-avgustdagi 62-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2615, 2014-yil 12-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 37-son, 480-modda) bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
  2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Direktor U. YUSUPOV

Toshkent sh., 2021-yil 21-iyun, 232-son O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-iyundagi 232-son buyrug‘iga ILOVA

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

  1. 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. O‘zbekiston milliy arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan;”.

  1. 15-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
  2. 1-ilovadan 55-pozitsiya chiqarib tashlansin.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 31-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2806-1]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2016-yil 20-iyundagi 44-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2806, 2016-yil 7-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 27-son, 333-modda) bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Milliy arxiviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi “yoxud Toshkent shahar” degan so‘zlardan keyin “markaziy” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.

  1. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Direktor U. YUSUPOV

Toshkent sh., 2021-yil 21-may, 185-son

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 10/21/2806-1/0510-son)

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2807-1]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2016-yil 20-iyundagi 45-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2807, 2016-yil 7-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 27-son, 334-modda) Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
  2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Direktor U. YUSUPOV

Toshkent sh., 2021-yil 21-may, 186-son

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 186-son buyrug‘iga ILOVA

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

  1. 7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va viloyat davlat arxivlari tomonidan tegishli hudud bo‘yicha umumlashtirilgan (jamlangan) elektron bazalar 25-fevralga qadar O‘zbekiston Milliy arxiviga taqdim etiladi”.

  1. 8-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Milliy arxivi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
  2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Elektron bazalar tegishlicha hudud bo‘yicha jamlangan holda 20-fevraldan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar davlat arxivlarining, respublika bo‘yicha umumlashtirilgan holda esa, 5-martdan kechiktirmay Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining hamda O‘zbekiston Milliy arxivining rasmiy veb-saytlarida alohida sahifada joylashtirilishi lozim”.

  1. 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Milliy arxivi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
  2. 12-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

 

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/2807-1/0530-son)