Interaktiv xizmatlar
Online murojaat
Davlat xizmatlar ro'yxati
Tashkilotlarning xujjatlarini tartibga keltirish
Fondlarga tarixiy ma’lumotnoma tuzish Yig‘majildlarni va hujjatlarni tartibga solish rejasini tuzish Yig‘majildlarni va hujjatlarni tizimlashtirish sxemalarini ishlab chiqish Yig‘majildlar va hujjatlarning fondga tegishliligini aniqlash va belgilash Yig‘majildlar va hujjatlarning qimmatliligini ekspertiza qilishga qadar tizimlashtirish Hujjatlarning ilmiy-amaliy qimmatliligi ekspertizasini amalga oshirish (varaqma-varaq ko‘rib chiqish, varaqma-varaq ko‘rib chiqmasdan) Tartibga keltirilmagan (tarqoq) hujjatlar to‘plamidan yig‘majildlarni shakllantirish va ularni qaytadan shakllantirish Yig‘majildlarga sarlavha tuzish va hujjatlarga annotatsiya yoki qisqacha ma’lumot yozish Yig‘majildlardagi chizma qog‘ozlarni buklab taxlash Yig‘majildlar varaqlarini tizimlashtirish Ilmiy-texnikaviy hujjatlarni qismlar, loyiha bosqichlari, muammo bosqichlari bo‘yicha tizimlashtirish Chizma hujjatlarini yig‘majild ichida tizimlashtirish Yig‘majildlar, hujjatlar va fotoalbomlarning ichki xatlovini tuzish Yig‘majildlar sarlavhalarini tahrir etish Varaqchalarga arxiv belgilarini qo‘yib chiqish Noto‘g‘ri shakllangan (tikib qo‘yilgan) yig‘majildlarni ajratish, hujjatlarni qisqichdan ajratish Yig‘majildlar va fotoalbomlardagi varaqlarni raqamlash Fotoalbomdagi pozitivlarni raqamlash Kinohujjatlarni komplekt bo‘yicha ajratish Kinohujjatlarni montaj stolida ko‘rib chiqish Raqamlangan varaqlarni tekshirish, qayta raqamlash Yig‘majildlar muqovasi yoki titul varaqlarini rasmiylashtirish Tashkilot fondi ichida yig‘majildlarni tizimlashtirish Yig‘majildlar muqovasiga arxiv raqamlarini qo‘yib chiqish Yig‘majildlarni kartonlashtirish va qayta kartonlashtirish Yorliqlarni yozib chiqish va yopishtirish Yig‘majildlar ro‘yxatini tuzish va rasmiylashtirish Ro‘yxatlarga ilmiy-ma’lumot apparatini tuzish (so‘zboshi, qisqartirilgan so‘zlar ro‘yxati, ko‘rsatgichlar va boshqalar) Hujjatlarni stellajlardan ish joyiga tashish Hujjatlarni changdan tozalash Saqlash muddati tugagan hujjatlarga, topilmagan hujjatlarga, jismoniy zararlangan hujjatlarga dalolatnomalar tuzish Bajarilgan ishlar dalolatnomasini tuzish Alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash Tashkilot idoraviy arxivida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati arxivi fondi hujjatlarini muddatidan ilgari davlat saqloviga qabul qilish Idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim bo‘lgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, sud ishlari va xo‘jalik kitoblarini vaqtincha yoki muddatidan oldin davlat arxivlari saqloviga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati arxivi fondiga kiritilmagan vaqtincha saqlanadigan hujjatlarini, tugatilayotgan tashkilotlar hujjatlarini arxivlarga saqlovga qabul qilish Hujjatlarni (yig‘majildlar ro‘yxatlari, yig‘majildlar nomenklaturasi, hujjatlar ro‘yxatlari va boshqalar) elektron shaklda yozib chiqish Elektron shaklda yozilgan hujjatlarni asli bilan solishtirib chiqish
Alohida xususiyatga ega boshqa xizmatlar
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) Raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish Hujjatlarni mikrofilmlash Hujjatlarning sug‘urta nusxalarini tayyorlash Matni so‘nib borayotgan hujjatlarga ishlov berish Matni so‘nib borayotgan hujjatlardagi axborotlarni tiklash Jismoniy asosi tiklab bo‘lmaydigan darajada shikastlangan hujjatlardagi axborotlarni tiklash Fuqarolarning ismi, otasining ismi va familiyasiga tavsif tayyorlash Shajaraviy ma’lumotlar to‘plab berish Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilib berish Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid qisqa muddatli (40 soatgacha hajmda) o‘quv kurslari tashkil etish
Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish
Davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxatini tayyorlash Davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, muammolar (mavzu) ro‘yxatini tayyorlash Sohaviy va tarmoq ro‘yxatlarini tuzish Namunaviy, taxminiy va alohida yig‘majildlar nomenklaturasini tayyorlash Tashkilotning ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxivni yalpi o‘rganish Tashkilotlardagi arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish Tanlangan mavzu bo‘yicha idoraviy arxiv faoliyatining ayrim yo‘nalishlari va tashkilotning ish yuritish xizmatini o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan tashkilotga tavsiyalar, maslahatlar berish Tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlovini tashkil etilishi to‘g‘risida statistik hisobotlarni tuzish Tashkilotning idoraviy arxivi va ekspert komissiyasi to‘g‘risida nizomlarni ishlab chiqish Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish Arxiv ishi va ish yuritish xodimlarining malaka oshirish masalalari bo‘yicha o‘quv-darslari (seminar, trening) o‘tkazish
Hujjatlardan foydalanish
Shartnoma asosida amalga oshiriladigan arxiv ishi va xizmatlarini bajarish jarayonida arxiv saqlovxonasidan yig‘majildlar, ro‘yxatlar, mikrofilmlar, kino, foto, fono hujjatlarni olib berish Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlar asosida ma’lumotnomalar tayyorlash Turar joylar, tashkilotlar tarixi bo‘yicha tarixiy ma’lumotnomalar tayyorlash Mulkiy huquqlar, evakuatsiya, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarni arxiv ma’lumotnomasi berish orqali ijro etish 10 yildan ortiq davr uchun ish haqini tasdiqlash to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasini berish (10 yilgacha bepul) Hujjatlarni mavzuli tanlab olish va to‘liq tayyorlab berish Kino, foto, fono hujjatlar bo‘yicha axborot mazmunidagi (yozma ko‘rinishda) ma’lumotnoma berish Radioteleko‘rsatuvlar, ko‘rgazmalar tayyorlash Talab asosida mavzuli fotoalbomlar va videotasvirlar tayyorlash Davlat arxivida ekskursiya o‘tkazish Hujjatlarni mavzuli aniqlash, shu jumladan davriy nashrlar, kino, foto, fono hujjatlar asosida Foydalanuvchilarga montaj varaqlarini o‘quv zalida ko‘rib chiqish uchun berish va qabul qilib olish Kinohujjatlarning kinozalda namoyishini tashkil etish Fonohujjatlarni maxsus uskunada eshittirish Turli negativlardagi plyonka va oyna, kinoplyonkalardan ularning foto nusxalarini ko‘chirib tayyorlash Hujjatlardan nusxa tayyorlash Talab asosida ma’lumotlarni ko‘rsatilgan manzilgacha yetkazib berish
Hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari
Hujjatlarni, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlarni ta’mirlash Fothujjatlarga konservatsion-profilaktik ishlov berish Fungitsid bilan kinohujjatlarga ishlov berish Yig‘majildlar va kitoblarni muqovalash Yig‘majildlarni tikishga tayyorlash va tikish Quti, papka, konvertlar tayyorlash
Savol va javoblar
Arxivlardan ma’lumotnomalarni olish uchun shaxsan borishi, bundan tashqari elektron tarzda rasmiy veb saytlar yoki Yagona interaktiv xizmatlar davlat portali orqali, an’anaviy pochta orqali ham murojaat qilish mumkin.
Arxivlardan ish xaqqi yoki ish staji xaqidagi ma’lumotnomalarni berish 10 yilgacha davr uchun bepul amalga oshiriladi.
Mumkin arxivlar depozitar tarzda sharnoma asosida vaqtincha saqlovga korxona, tashkilot, muassasalar (jumladan firmalar) hujjatlarini qabul qilishi va saqlab berishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonunning 27-moddasiga asosan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlash maqsadida kirib ko’rish cheklanishi mumkin. Shuningdek, fuqarolarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi yoki ularning hayoti va xavfsizligiga tahdid tug’diruvchi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kirib ko’rishga doir cheklovlar arxiv hujjatlari tayyorlangan vaqtdan e’tiboran etmish besh yil muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin mazkur hujjatlarni kirib ko’rishga fuqaroning o’zi tomonidan, uning vafotidan so’ng esa shu fuqaroning merosxo’rlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin.
Yo’q albatta, chunki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi to’g’risida Nizom”ning 49-bandiga asosan Nizomda ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmasa Ro’yxatdan o’tkazgan organ korxona tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlarni davlat reestriga kiritishni rad etishi ko’rsatib o’tilgan.
Amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-sonli qarorining 1 ilovasi bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizom”ning 5-paragrafiga asosan tugatilayotgan yuridik shaxslar arxivlarga saqlov muddati tugamagan barcha boshqaruv hujjatlari va o’z korxonasida ishlagan xodimlar faoliyatiga doir shaxsiy tarkib hujjatlarini tartibga keltirilgan holda arxiv va tugatish komissiyasi o’rtasida imzolangan shartnoma asosida topshirishlari shartligi belgilangan. Zarur hollarda tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish jarayonida hujjatlarni tartibga keltirish ishlari tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
OCHIQ MA'LUMOTLAR RO'YXATI
1 Arxiv tarixi, arxiv bo‘limlari va tuzilmasi (bo‘limlar soni, tarkibi) shuningdek asosiy faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar.
2 Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi va bo‘limlarining huquqiy maqomini va vazifalarini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
3 Arxiv soxasi bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularni ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4 Arxiv soxasi bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi tomonidan berilgan takliflar to‘g‘risida ma’lumotlar.
5 Arxiv soxasi va O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi faoliyati uchun ishlab chiqilayotgan ichki me’yoriy hujjatlar tg‘risidagi ma’lumotlar.
6 O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (direksiya yig‘ilishlari, direksiyaning kengaytirilgan yig‘ilishlari, ilmiy seminarlar va davra suxbatlari) to‘g‘risida ma’lumotlar.
7 Arxivning kengaytirilgan Direksiya yig‘ilishlari o‘tkazilish kuni, kun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
8 Arxining davlat xokimiyatining boshqa organlari bilan arxiv soxasiga doir o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
9 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ularning ijrosini borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
10 Arxivning arxiv soxasi bo‘yicha chet el va hamdo‘stlik davlatlari bilan hamkorligi, shuningdek xodimlarining xalqaro davlatlar tajribalarini o‘rganganlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
11 Arxiv tomonidan tashkil etiladigan ochiq tanlovlar, tendrlar to‘g‘risida ma’lumotlar.
12 Raxbar va mas’ul xodimlarning ma’lumot tarzidagi axborotlar. (ism familiyasi, qabul kunlari, jismoniy va yuridik shaxslarning qabul kunlari, elektron manzillari)
13 Arxivda amalga oshirilayotgan amaliy faoliyatlar, arxivga bo‘layotgan murojaatlar va so‘rovlarning o‘sish va kamayish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
14 Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar.
15 Arxiv tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.