Boshqarmaning asosiy fazifalari
Boshqarmaning asosiy funksional vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
hududdagi davlat arxivlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining normativ hujjatlari bilan ushbu boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
hududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichilariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
hududiy boshqarma tizimidagi davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarma hamda davlat arxivlari va ularning filiallari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Hududiy boshqarma faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, davlat arxivlari va ularning filiallarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, davlat arxivlari va ularning filiallarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
hududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
hududiy boshqarmada, davlat arxivlarida va ularning filiallarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
hududiy boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maksadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy boshqarma xodimlari tomonidan “O’zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi xududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari xamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi” talablariga rioya kilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa xuquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko’rish, shuningdek, huquqni qo’llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko’maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari ushbu ko’rsatkichlarga so’zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish bo’yicha takliflarni Agentlikka kiritish;
hududiy boshqarma xodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigilishlarda ularning shaxsiy xisobotlarini eshitish,
ularning yakunlari bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rish;
hududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatiga oid masalalar bo’yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish xamda ularni ko’rib chiqish uchun Agentlik raxbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, axoli bilan to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotni yolga qo’yish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, sayyor qabullar o’tkazish;
O’zbekistan Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali xamkorlik qilish, ularning faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904- son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o’z vaqtida va to’laqonli ko’rib chiqish;
hududiy boshqarma xodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari raxbarlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to’lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag’batlantirish va ularga intizomiy chora qo’llash to’g’risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to’g’risida Agentlikka takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning ximoya qilinishini ta’minlash;
maxalliy ijroiya xokimiyati organlarida, sudlarda va tashkilotlarda xududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari manfaatlarini ifoda etish;
hududdagi davlat arxivlari va ularning filiallari, shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivlari direktorlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish;
direksiya, ekspert tekshiruv komissiyasi majlislari bayonnomalarini va boshqa maslahat organlarining qarorlarini tasdiqlash, shuningdek, ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat kilish.
Hududdagi davlat arxivlarida va hududiy boshqarmada davlat tili qonunchiligiga rioya etgan xolda arxiv ishi va ish yurituvini tashkil qilish.