Viloyat, tuman va shahar davlat arxivi direktorining lavozim yo‘riqnomasi
Umumiy qoidalar
1. Ushbu lavozim yo‘riqnomasi O‘zbekiston Rsepublikasining 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi, 2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muxofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2008 yil 26 avgustdagi 194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va tuman davlat arxivining nizomiga asoslanib tuman davlat arxivi direktorining umumiy qoidalari, unga kvalifikatsion talablar, funksional vazifalari, xuquqlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Tuman davlat arxivining direktori (keyingi o‘rinlarda “direktor”) davlat arxiviga umumiy raxbarlik qilish, arxivning ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilib borish, ishlab chiqarish yig‘ilishlarini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash, viloyat arxiv ishi boshqarmasi Kengash yig‘ilishlariga masalalar va takliflar kiritish, arxivning choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarini tayyorlaydi.
3. Tuman davlat arxivining direktori viloyat arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan bo‘shatiladi.
4. Direktor viloyat arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysunadi.
5. Direktor o‘zining amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, viloyat arxiv ishi boshqarmasi buyruqlari, ko‘rsatmalari, tuman davlat arxivi Nizomi, Reglamenti va mazkur yo‘riqnomaga amal qiladi.
6. Direktor lavozimiga qo‘yiladigan kvalifikatsion talablar:
Arxiv direktori lavozimiga oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, hujjatlar bilan ishlashga bevosita aloqador lavozimlarda 5 yil ish tajribasiga, 10 yil umumiy ish stajiga ega bo‘lishi;
Davlat arxivlarining faoliyati yo‘nalishini aniqlaydigan yuqori turuvchi tashkilotlarning boshqaruv va me’yoriy hujjatlarini bilishi;
Hujjatlar tasniflanishi va ularni saqlovi sistemasini bilishi;
Hujjatlar saqlanish sharoitlari, arxiv atamalarini bilishi lozim.3. Tuman davlat arxivining direktori viloyat arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan bo‘shatiladi.
4. Direktor viloyat arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysunadi.
5. Direktor o‘zining amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, viloyat arxiv ishi boshqarmasi buyruqlari, ko‘rsatmalari, tuman davlat arxivi Nizomi, Reglamenti va mazkur yo‘riqnomaga amal qiladi.
7. Direktor quyidagi funksional vazifalarni bajaradi:
Arxiv ishi va ish yuritish soxasida qonunchilikni idoraviy, qo‘shma-idoraviy, idoralararo arxivlar xamda arxivning jamlash manbai bo‘lgan korxona, tashkilot, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda amalga oshirilishini ta’minlash va unga rioya qilish bo‘yicha ta’sirchan nazorat olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini ta’minlash, davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanishni tashkil etish;
Tumanda arxiv ishi va ish yuritish soxasida davlat siyosatini amalga oshirish;
“Arxivshunoslik”, “Hujjatshunoslik”, “Arxsografiya” masalalari bo‘yicha uslubiy ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqotlar natijalari va ilmiy-texnika yutuqlarini arxiv ishi va ish yuritish amaliyotiga joriy etish;
Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha o‘rganishlar, jamoat ko‘riklarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiruvchi davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarni ilmiy asosda tashkil qilish, ularni mukammallashtirish, arxiv ma’lumotlari tizimini rivojlantirish, axborotlarni izlashni avtomatik tizimlarini joriy qilish ishlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Rsepublikasi Milliy arxiv fondi alohida qimmatli va noyob hujjatlarining sug‘urta nusxalari yaratilishini va tashkilot,korxona va muassasalardan shakllangan yig‘ma jildlarning sug‘urta nusxalarini olishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining axborot resurslari va elektron hujjatlari himoya qilinishini ta’minlanishini tashkil etish;
Hokimliklarda va boshqa davlat, jamoat tashkilotlariga arxiv ishiga doir muxim muammolar to‘g‘risida axborotlar kiritish;
Arxiv ishi va ish yuritish soxasidagi respublika qonun hujjatlariga rioya qilish, “Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun xamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarining asosiy ish Qoidalari”ni mukammal o‘rganish ishlarini tashkil qilish;
Arxiv ishi va ish yuritish soxasidagi ish tajribasini arxiv faoliyatiga tadbiq etish;
O‘zbekiston Rsepublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil etib borish;
Arxiv ish amaliyotiga hujjatlarni saqlash, ta’mirlash ishlarini olib borish, ulardan nusxa olish, foydalanishning eng oqilona tizimlari va usullarini joriy etishni tashkil etish;
Arxiv hujjatxonalarini zamonaviy yong‘in-qo‘riqlov bildirgichlari, harorat-namlik me’yorlarini ta’minlab beruvchi uskunalar, belgilangan standartdagi temir jovonlar, karton qutilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
Hujjatlarni davlat axborot resurslarini ilmiy va amaliy qimmatini ekspertizadan o‘tkazishni xamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, shu jumladan elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qilish;
Arxivning jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlar bilan aloqani mustahkamlash, ularda muddatidan ortiq saqlanayotgan hujjatlarni xamda tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini davlat saqloviga qabul qilish choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan axborot resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etishni va faoliyat ko‘rsatishini tartibga solish xamda muvofiqlashtirish;
Ijro intizomiga qat’iylik bilan amal qilish, shuningdek fuqarolar so‘rovlarini ijro etish muddatlari xamda ekspert tekshiruv komissiya (ETK) tasdig‘iga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatlari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
Arxiv ishlarini rivojlantirishning yillik va istiqbol rejalarini tuzish, bajarilishini tashkil etish va hisobotlarni tayyorlash;
Arxiv ishi va ish yuritish soxasida barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini, soxani texnik va texnologik jixatdan yangilashni ta’minlash;
Elektron axborot almashinuvi, internet xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
Hujjatlar saqlanayotgan binolardan foydalanish, belgilangan muddatlarda joriy va kapital ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
Arxivni yosh, g‘ayratli va tashabbuskor kadrlar bilan ta’minlash, kadrlar zaxirasini sifatli shakllantirish, xodimlarni soxa bo‘yicha malaka oshirish markazlarida malakasini muntazam oshirib borishini tashkil etish;
Xo‘jalik xisobidagi gurux ishiga ilmiy-uslubiy raxbarlik qilish,shuningdek xo‘jalik guruhi mablag‘laridan arxiv ishi sohasini rivojlantirish uchun samarali foydalanish;
Davlat arxivi tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmat ishlarini faollashtirish, xizmatlar spektorini yanada kengaytirish, pulli xizmat mablag‘i xisobiga arxivni rivojlantirish, xodimlarni turmush darajasini ko‘tarish va rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, shakllantirish, davlat hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash, ulardan foydalanish xamda idoraviy arxivlar faoliyati ustidan nazoratni tashkil etish;
Reja ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash;
Taqdim etilgan hisobotlar, ma’lumotlar mazmuni va asoslanganligiga shaxsan javob beradi.
Ichki mehnat intizomini tashkil qiladi va namuna ko‘rsatadi.
8. Arxiv direktori quyidagilarga javobgardir:
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, idoralararo xo‘jalik xisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlar arxivlaridan, kutubxona va muzeylarning qo‘lyozma bo‘limlaridan, shuningdek fuqarolardan arxiv fondi katalogi uchun arxiv ishi va ish yuritishda xujjatlarni tashkil etish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish:
Ish yuritish xizmati vakillari axborotini eshitish, ularga arxiv ishi va ish yuritishga oid xujjatlarni tashkil etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi xujjatlarini yo‘q qilishga sharoit yaratishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar to‘g‘risida tergov organlariga xabar berish:
Arxivning asosiy faoliyati bo‘yicha buyruqlar chiqarish va ularni bajarilishini nazorat qilish:
Mehnatga yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hamda sifatli mehnati va sharoitiga qarab xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish vazifalarini bajargan arxiv xodimlariga ustama xaq belgilash:
Arxiv xizmati xodimlarining ish sifati va natijalariga qarab yagona mehnatga xaq to‘lash fondi doirasida ularga pul mukofotlari berish tartibi va miqdorini belgilash:
Arxiv xodimlarining ishini rejalashtirish va nazorat qilish, ularning yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tish.
Arxiv direktori o‘z faoliyatida viloyat arxiv ishi boshqarmasi, davlat arxivlari, IXXShT xujjatlari arxivlari direktorlari, xo‘jalik xisobidagi gurux raxbarlari va tashkilotlar raxbarlari bilan bevosita muloqatda bo‘ladi. U bo‘lmagan davrda uning funksiyalarini vaqtincha bosh arxivchi yoki yetakchi arxivchi bajaradi.