Yangiliklar

Ziyo_ulash aksiyasi doirasida Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati G'ijduvon tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar uchun kutubxona ochildi. Ushbu kutubxona ochilishi tadbirida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari, davlat arxivlari, mahalla fuqarolari ishtirok etdi. aksiya doirasida yoshlar uchun yuzdan ortiq o'zbek adabiyoti, jahon adabiyoti, she'riy to'plamlardan iborat kitoblar taqdim etildi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalari tomonidan  “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda. Xayriya hashari davomida arxiv binolari atroflari va aholi gavjum hududlar obodonlashtirilmoqda, daraxtlar oqlanmoqda hamda tevarak-atrof manzarali ko'rinishga keltirilmoqda.

Buxoro viloyat davlat arxivida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Buxoro viloyat davlat arxivi xodimlari tomonidan Buxoro Davlat Universiteti Tarix fakultetining 3-kurs talaba yoshlariga arxiv muassasasining faoliyati, hujjatlarning saqlanishi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni haqida ma'lumot va tushunchalar berildi.

Buxoro viloyati Kogon shahar davlat arxivida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Kogon shahar davlat arxivi xodimlari tomonidan shaharning 4-son umumiy o‘rta taʼlim maktabi yoshlariga arxiv muassasasining faoliyati, hujjatlarning saqlanishi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni haqida maʼlumot va tushunchalar berildi.

Buxoro viloyati Vobkent tuman davlat arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tuman davlat arxivi xodimlari tomonidan tumanning 1-son o‘rta umumta’lim maktabi yoshlariga arxiv muassasalarida hujjatlarning saqlanishi, ulardan foylanish, hujjatlarni raqamlashtirish, ya’ni elektron arxiv tizimlari yuzasidan ma’lumot va tushunchalar berildi.

#brifing Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi S.D.Aminov ishtirokida brifing o’tkazildi. 📄Brifingda 2023-yilda Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʻlumotlar berildi.

Buxoro tuman davlat arxivida Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i S.Aminov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o'tkazildi. 📄Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni Buxoro viloyat davlat arxivida “Xalq va armiya — bir tanu bir jon” shiori ostida koʻrgazma hamda ekskursiya tashkil etildi. 📄14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buxoro viloyat davlat arxivida Oʻzbekiston Republikasi Ichki Ishlar Vazirligi Buxoro akademik litseyi oʻquvchilari uchun “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilishi tarixini yoritivchi arxiv hujjatlari asosida ko`rgazma hamda ekskursiya tashkil etildi.

DIQQAT E'LON!!!
2023-yil 20-iyul soat 10:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikovning Buxoro viloyati Jondor tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar sayyor qabuli o‘tkaziladi. Murojaat uchun telefon: 55-503-01-50 “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

Проснувшись однажды утром после беспокойного сна, Грегор Замза обнаружил, что он у себя в постели превратился в страшное насекомое.